Bir vaqtlilik

Fazoning bitta nuqtasida sodir bo’luvchi ikkita hodisaning bir vaqtliligi sababiyat printsipi yordamida aniqlanadi. Agar hodisalarning hech biri ikkinchisining sababi yoki natijasi bo’lmasa, ular bir vaqtli deymiz. Yoki, boshqacha aytganda, ushbu nuqtadagi soat—biz tanlagan vaqt etalon—har ikkala voqea bir paytda sodir bo’lganini qayd qiladi.

Ikkita voqea bir vaqtda turli nuqtalarda sodir bo’ldi, degan so’zlarning ma’nosini tushunib olish ham osondek tuyuladi. Haqiqatda esa hamma narsa bunchalik ravshan emas. Sababiyat printsipini tatbiq qilib ko’raylik. Aytaylik, 1-nuqtada A voqea sodir bo’lgan bo’lsin.

Bizning ixtiyorimizda signallar (ma’lumotlar) ni cheksiz tezlik bilan uzatish imkoni bor, deylik. U holda 1-nuqtada sodir bo’lgan voqeani 2-nuqtada bir onda bilish mumkin bo’ladi. Ma’lumot biror-bir vaqt sarflashsiz uzatiladi va faqat 2-nuqtadagi bitta yagona V voqeagina A voqeaning natijasi yoki sababi bo’la olmaydi. Bu holda fazoning bitta nuqtasidagi va turli. nuqtalaridagi bir vaqtlilik tushunchalari orasida biror-bir farq bo’lmaydi. Barcha aytilganlarni fazoning turli nuqtalariga joylashtirilgan sinxron soatlar haqidagi tasavvur yordamida yanada ravshanroq ta’riflash mumkin. Bir soatdan boshqasiga cheksiz tezlik bilan mustaqil signallar yuborib turamiz. Agar 2-soatning signalni qabul qilish paytidagi ko’rsatishlari 1-soatning signalni qabul qilish paytidagi ko’rsatishlariga mos tushsa, u holda 1- va 2- soatlar, ta’rifga ko’ra, sinxron yurayotgan bo’ladi. Tegishlicha, A va V voqealar 1- va 2- soatlarning ko’rsatishlari bo’yicha bir paytda sodir bo’lgan bo’lsa, biz ularni bir vaqtli voqealar deymiz. Agar klassik fizikada bir vaqtlilik tushunchasi analiz qilinsa va ta’riflansa, bu holda aynan yuqorida aytilgandek bo’lar edi. Biroq, haqiqatan, tabiatda cheksiz tezlikda tarqaluvchi signallar mavjud emas. Signallararo bir onda uzatish imkoni yo’q. Signallarning tarqalish maksimal tezligi cheklidir. U holda 2-nuqtaga 1-nuqtadagi voqea haqida signal kelguncha Δ t=yosh fizik — vaqt intervali o’tib (bunda, t—1- va 2- nuqtalar orasidagi masofa, s signal tezligi), bu vaqt oralig’ida 2- nuqtada 1- nuqtadagi voqea haqida hech narsani bilib bo’lmaydi. Bu vaqt intervalida 2-nuqtada sodir bo’luvchi har qanday voqea 1-voqea bilan sababiy bog’langan bo’lishi mumkin emas.

Qaralayotgan variantni qiziq tarixiy misol yordamida tushuntirish mumkin. yekaterina II ning vafoti haqidagi xabarni feld’eger Peterburgdan Irkutskka 34 kunda yetkazgan (feld’egerning tezligi Rossiyaning o’sha davri uchun amalda maqsimal tezlik edi). Rossiyada endi Pavel II podsholik qilayotgan bo’lsa-da, shu vaqt ichida Irkutsk Yekaterina hukmronligida yashagan. Boshqacha aytganda, shu vaqt opalig’ida amalda 1- va 2-nuqtalar orasidagi sababiy bog’lanish imkonini ajratib turgan. Albatta, e’tiroz bildirish ham mumkin: biz ot izvosh tezligiga nisbatan beqiyos katta tezliklar mavjudligini ham a’lo darajada bilamiz. Lekin, har holda, agar tabiatda shunday maqsimal tezlik mavjud bo’lsa, bir vaqtlilikni qanday aniqlash mumkin?

Barcha aytilganlardan bir vaqtlilik tushunchasi mutlaqo ravshan emas, degan xulosaga kelish mumkin (Nisbiylik nazariyasi).

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz